Qozog‘istonda shoqol odamlarga hujum qildi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida shoqol qishloqqa kirib kelib, ikki nafar bola va bir katta yoshli insonni tishlab oldi. Bu haqda “Tengri News” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yirtqich avval 4 yoshli qizchani oyoqlari va barmoqlaridan qattiq tishlagan, so‘ngra 15 yoshli o‘smirga tashlangan. Bolalarga yordamga kelgan 42 yoshli erkak hayvonga bolta bilan zarba berib, uni to‘xtatishga uringan, ammo shoqol uni ham tishlashga ulgurgan.

Jabrlanganlarning barchasiga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, quturishga qarshi emlash qilingan. Hozir ularning ahvoli barqaror, ammo og‘ir jarohat olgan qizcha shifokorlar nazoratida qolmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shoqollar odatda insonlarga hujum qilmaydi. Bunday holatlarga asosan uchta omil sabab bo‘lishi mumkin:

  • quturish kasalligi;
  • bolalarini himoya qilish;
  • ozuqa yetishmasligi. 

Veterinarlar hujum qilgan hayvondan namunalar olib, unda quturish bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda endilikda har yili 3 sentyabr kuni “Qozoq tozi va to‘bet itlari kuni” rasmiy bayram sifatida nishonlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston shoqol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing