Qozog‘istonda pedofillarni kastratsiya qilish taklif qilindi

Olam

image

Qozog‘istonda deputatlar tomonidan pedofillar uchun jarrohlik kastratsiyasini joriy etish taklif qilindi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Qayd qilinishicha, kastratsiya qilish tashabbusi bilan chiqqan deputatlar pedofillar uchun eng og‘ir jazoni munosib ko‘rgan. Biroq bugungi kunda Qozog‘iston Konstitutsiyasida eng og‘ir jazo umrbod qamoq jazosi bo‘lgani sababli, barcha imkoniyatlar hisobga olinib, jarrohlik amaliyotidan ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish ma’qul ko‘rildi.

“Pedofillar uchun qandaydir huquqlar haqida gapirilganda, men qonuniy qismini tushunaman. Shu bois, biz ularni jarrohlik yo‘li bilan kastratsiya qilishgacha bo‘lgan juda qattiq jazolashni taklif qildik. Bu bizning pozitsiyamiz edi, ishonchim komilki, bu pedofillar – ularni odam deyish qiyin – eng shafqatsiz jazoga loyiqdir”, deya qo‘shimcha qilgan deputat Asxat Ayagambetov.

Ma’lumot uchun, bunday taklif ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida bildirilgan, biroq bunday o‘zgartirishni hukumat ma’qullamagan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston pedofil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing