Qozog‘istonda parlament saylovi: To‘qayevning partiyasi nazoratni saqlab qoldi

Olam

image

Qozog‘istonda joriy yilning 19 mart kuni parlamentning quyi palatasi (Majilis) va mahalliy hokimiyat organlariga (maslihat)larga saylovlar bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Saylov natijalariga ko‘ra, yangi parlament 69 deputatni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yetti partiyadan oltitasi 5 foizlik to‘siqdan o‘tib, Qozog‘iston parlamenti Majilisiga (quyi palata) kirgan. Hukmron “Amanat” partiyasi esa 40 o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ovozlar quyidagicha taqsimlandi:

  • “Amanat” – 53,90 foiz, 40 mandat oldi;
  • “Ovul” – 10,9 foiz, 8 ta mandat oldi;
  • “Respublika” – 8,59 foiz, 6 mandat oldi;
  • “Oq yo‘l” (Ak Jol) – 8,41 foiz, 6 mandat oldi;
  • Qozog‘iston Xalq partiyasi – 6,8 foiz, 5 mandat oldi;
  • Milliy sotsial-demokratik partiya – 5,2 foiz, 4 ta mandat oldi;
  • “Baytak” – 2,3 foiz;
  • Hammaga qarshi – 3,9 foiz.

“Partiyalar orasida 53,9 foiz ovoz olgan hukmron “Amanat” partiyasi ham bor, u yangi qonun chiqaruvchi organdagi 69 o‘rindan 40 tasini oladi”, deydi MSK raisi Nurlan Abdirov.

Uning qayd etishicha, partiyalar 10 kun ichida qurultoylarini o‘tkazib, partiya ro‘yxatidan qaysi biri Majilis deputati bo‘lishini hal qilishi kerak.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 54,19 foizi, ya’ni 6,5 million kishi (12 milliondan) ovoz bergan. Bu kamida oxirgi o‘n yildagi eng past ko‘rsatkichdir. Oxirgi saylovlarda, 2021 yilda saylovchilarning ishtiroki 63,3 foizni, 2016 yildagi saylovlarda esa 77 foizni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev parlament saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing