Qozog‘istonda oligarxik kapitalizm davri tugatiladi – To‘qayev
Olam
−
05 Oktabr 2022
6207Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda oligarxik kapitalizm davri yakunlanayotganini aytdi. Buning o‘rniga hukumatning mamlakat fuqarolari oldidagi ijtimoiy mas’uliyat davri keladi.
Prezidentning aytishicha, respublika mutasaddilari mamlakatdagi yirik tog‘-kon korxonalari faoliyatini diqqat bilan kuzatib boryapti. Ular kapitalni chet elga noqonuniy olib chiqishga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuningdek, To‘qayev ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va soliq to‘lovlariga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi. Yirik korxonalar shartlarga rioya qilmasa, sheriklik tugatiladi.
Shu bilan birga, To‘qayev davlat rahbarining bir martalik yetti yillik vakolat muddati unga Qozog‘istonda hokimiyatni monopollashtirishga imkon bermasligini tushuntirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu chora hokimiyatni monopollashtirishga urinishlarga kuchli to‘siq qo‘yadi va qobiliyatli va mas’uliyatli siyosatchilarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 2022 yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Iyun oyida Qozog‘iston Prezidenti mamlakat siyosati va iqtisodiyotida yoqimtoylik, oligarxiya va oligopoliyadan xalos bo‘lish zarurligini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, mamlakatda ijtimoiy adolat bo‘lishi kerak. Davlat lavozimlariga, davlat kompaniyalaridagi lavozimlarga “juda qobiliyatli, vatanparvar”larni tanlash zarurligini ta’kidladi.
LiveBarchasi