Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Qozog‘istonda neft qudug‘i yonib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 6 mart kuni Qozog‘istonda neft va gaz qazib chiqarish koni qudug‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Embamunaygaz” OAJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Embamunaygaz”ga tegishli “Jilioymunaygaz” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi G‘arbiy Prorva konining 437 sonli qudug‘i yonib ketdi. Bunga quduqda nasos-kompressor quvurini tushirish paytida teshilishdan keyin gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q. “Embamunaygaz” tezkor shtabi tomonidan shoshilinch choralar ko‘rilgan, quduq hududi atrofi o‘rab olingan va qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 yanvar kuni Qozog‘istonning Jezqazg‘on shahridagi neft bazasida portlash sodir bo‘lgandi va buning ortidan yong‘in chiqqandi. Portlash oqibatida to‘rt kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgandi. Ammo ularning ahvoli oshkor etilmagan.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing