Qozog‘istonda Nazarboyevga bag‘ishlangan kun davlat bayramlari qatoridan chiqarilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonda mamlakat Birinchi Prezidenti kuni davlat bayramlari qatoridan chiqarilishi mumkin. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Tegishli norma parlament majlisida bugun, 7 sentyabr kuni ko‘rib chiqiladigan “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kinematografiya va madaniyat masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga kiritilgan.

“1 dekabr Birinchi Prezident kunini davlat bayramlari sirasidan chiqariyu, Davlat ramzlari kuni, minnatdorlik kuni va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim sanalarga o‘xshatib belgilash taklif etilmoqda”, deyiladi Majlisning tegishli qo‘mitasi xulosasida.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabrni davlat bayrami – Birinchi Prezident kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonun 2011 yil 10 dekabrda qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing