Qozog‘istonda Navro‘zni 10 kun nishonlash taklif qilinyapti

Olam

image

Qozog‘istonda sharqona Yangi yil – Navro‘z bayramini alohida dastur asosida 10 kun davomida nishonlash taklif qilinyapti. “Tengrinews.kz”ning xabar berishicha, tegishli loyiha muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, ushbu bayramni 14 martdan 23 martgacha nishonlash taklif etilmoqda:

14 mart — Tabriklar kuni;
15 mart — Tabiat kuni;
16 mart — Ajdodlar xotirasi va duolari kuni;
17 mart — Tarix kuni;
18 mart — Hayrli ishlar kuni;
19 mart — Sport va mahorat kuni;
20 mart — Donolik va bilim kuni;
21 mart — Milliy taomlar kuni;
22 mart — Xalqning ulug‘ kuni;
23 mart — Ehtirom kuni.

“Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Mustaqillik — eng aziz ne’mat” maqolasida Navro‘z bayramini nishonlash konsepsiyasini ishlab chiqish va bahor bayrami mazmunini boyitishga ko‘rsatma berdi. (…) Navro‘z bayramining asosiy maqsadi — Qozog‘iston zaminida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash, milliy o‘zlikni saqlash, oilaviy qadriyatlarni ommalashtirish, atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirish”, deyiladi hujjatda.

Konsepsiyaga ko‘ra, bayramning vazifasi qozoq xalqining an’analari va odatlarini qayta jonlantirish, oila institutini mustahkamlashi va birlikni ta’minlashi, atrofi muhitni asrash kerakligini o‘rgatish bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Navro'z

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing