Qozog‘istonda namoyishlar tinmayapti. Aholi saylov natijasidan norozi
Olam
−
10 iyun 2019
6656Kecha, 9 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi saylovda Qosim-Jomart Toqayev g‘alaba qilganini ma’lum qildi.
Mamlakatda esa saylov va uning natijasiga nisbatan norozilik namoyishlari davom etyapti. MSK saylov natijalarini e’lon qilgach, namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi. Qozog‘istonning ikkinchi eng yirik shahari Olma-otadagi “Ostona” maydonida navbatdagi namoyishlar o‘tkazildi. Namoyishchilarning 30 nafarga yaqini huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, namoyish vaqtida ayollardan biri hushini yo‘qotgan. Politsiya xodimlari mitingga aloqasi yo‘q fuqarolarni ham hibsga olgan.
Vlast.kz nashrining xabar berishicha, politsiya xodimlari kechadan beri “Ostona” va Respublika maydonida soqchilik qilyapti. Hozirgacha necha kishi 9 iyundagi namoyishlar vaqtida hibsga olingani noma’lum. Qozog‘iston IIVning ma’lum qilishicha, Nur-Sulton va Olma-otada 500 nafarga yaqin odam hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, 9 iyun kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari Qozog‘iston tarixidagi oltinchi va muddatidan avval o‘tkazilgan to‘rtinchisi bo‘ldi. Eng muhimi 30 yil deganda ilk bor saylovlarda Nursulton Nazarboyev nomzod sifatida qatnashmadi. Saylovda Qosim-Jomart Toqayev 70,76 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi