Qozog‘istonda motam e’lon qilindi
Olam
−
28 Oktabr 2023
13210Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 29 oktyabrni Qarag‘anda viloyatida joylashgan Kostenko konidagi halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Qosim-Jomart To‘qayev fojia oqibatida halok bo‘lgan konchilarning oila a’zolari va yaqinlari bilan uchrashib, hamdardlik bildirdi. Prezident konchilarni, shuningdek, jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning oilalarini qutqarish uchun avariya holatlari aniqlanib, zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. Davlat rahbari 29 oktyabrni umumxalq motam kuni deb e’lon qildi”, deyiladi xabarda.
Voqea sodir bo‘lgan paytda Kostenko konida 252 kishi bo‘lgan. 208 kishi qutqarilib, ulardan 18 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qarag‘anda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 22 kishining jasadi topilgan, qolganlari qidirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi.
LiveBarchasi