Qozog‘istonda motam: Aviahalokat qurbonlari haqida rasmiy ma’lumot berildi

Olam

image
Aviahalokat qurbonlari soni ortdi. To‘qayev hodisaga munosabat bildirdi north_east

Aviahalokat qurbonlari soni ortdi. To‘qayev hodisaga munosabat bildirdi

Qozog‘istonda 28 dekabr aviahalokat qurbonlarining xotirasi uchun milliy motam kuni deb, e’lon qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Bek Air aviakompaniyasining Olma-ota–Nur-Sulton yo‘nalishida uchgan samolyotining halokatga uchrashi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 344-moddasi 3-qismi (“havo transportining xavfsizligi va undan foydalanish qoidasini buzish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Vazirlik halokatda 12 kishi qurbon bo‘lgani va 49 kishi jarohatlanganini rasman ma’lum qildi.

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ham samolyot halokatida qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

“Olma-ota shahridagi aeroportdan uchgan samolyot halokatida qurbon bo‘lgan va jabrlanganlar haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Qayg‘uingizni bo‘lishib, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik va jabrlanganlarga tezroq tuzalib ketishlarini tilayman”, degan Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, Olma-otadagi aviahalokat qurbonlari soni ortib boryati.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviahalokat

Baholaganlar

296

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing