Aviahalokat qurbonlari soni ortdi. To‘qayev hodisaga munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonda Olma-otadan Nur-Sultonga uchgan samolyot halokatga uchragani haqida xabar bergan edik. Bek Air aviakompaniyasiga tegishli Fokker-100 samolyoti bortida 100 kishi bilan uchish vaqtida 2 qavat balandlikdagi binoga urilgan.

Dastlab hodisada 7 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Biroq hozirga kelib qurbonlar soni 14 nafarga yetdi. Shuningdek, turli manbalarga ko‘ra, 20 nafardan ortiq jarohatlanganlar haqida ma’lumot mavjud.

Mamlakatda Bek Air aviakompaniyasining parvozlari to‘xtatib qo‘yildi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev aviahalokatda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Bugun, 27 dekabr kuni tongda Olma-ota yaqinidagi samolyot qulashida halok bo‘lgan fuqarolarning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatiladi. Asqar Mamin (Bosh vazir) boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi. Barcha aybdorlar qonunga ko‘ra qattiq jazolanadi”, degan To‘qayev Twitter`dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviahalokat

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made