Qozog‘istonda maymunchechak bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tayyorlandi
Olam
−
20 avgust
1781Qozog‘istonda Sog‘liqni saqlash vazirligi M-pox virusining yangi shtammi aniqlangan taqdirda unga qarshi chora-tadbirlar rejasini tayyorladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Yerjan Nurliboyev ma’lum qildi.
“Bugungi kunda epidemiologik vaziyat barqaror, infeksiya yuqtirish holatlari qayd etilmagan. Xavflarni baholash, jumladan, qo‘shni davlatlardagi epidemiologik vaziyat monitoringi muntazam ravishda amalga oshiriladi. Afrika mamlakatlari, shuningdek, ushbu infeksiya holatlari qayd etilgan boshqa mamlakatlardan kelayotgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmoqda”, deydi Nurliboyev.
Uning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning yuqumliligi past, shuning uchun Qozog‘istonda kasallikning avj olish xavfi minimal. Shu bilan birga, Qozog‘istonda infeksiya paydo bo‘lishining oldini olish bo‘yicha barcha profilaktika choralari ko‘rilmoqda, bemorlar kirib kelgan va aniqlangan holatlarda “turli xil voqealar senariylari uchun tibbiy xizmatlarning harakatlar algoritmlari ishlab chiqilgan”.
“Dori vositalarining zarur hajmini yaratish choralari ko‘rildi. Tibbiyot xodimlarini diagnostika va davolash usullariga o‘qitishning takroriy sikllari joylarda amalga oshiriladi. Bugundan boshlab davlat bosh sanitariya vrachining qarori va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy chora-tadbirlar rejasi tayyorlandi”, dedi Nurliboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston chegarasida maymunchechak sababli nazorat choralari kuchaytirilgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi