Qozog‘istonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon yuz berishi aytildi
Olam
−
08 may 2020
10759Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqtni ma’lum qildi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining Milliy sog‘liqni saqlash markazi direktori Damir Kobjasarovning ta’kidlashicha, kuzning ikkinchi yarmida kasallanishning ikkinchi to‘lqini kuzatiladi.
“Virus mavjudligini butun aholi yodda tutishi kerak. U nafaqat bizning mamlakatimizda, balki boshqa birorta mamlakatda ham yo‘q qilinmagan. Asemptomatik tashuvchilar mavjud, ular ertami-kechmi bu infeksiyani kasal bo‘lib qoladigan sezgir tanaga yetkazishlari mumkin”, deydi Markaz direktori.
Shunga qaramay, hozirgi paytda Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi pasayayotgani qayd etilgan. Tez orada kasallanganlardan ko‘ra, shifo topadiganlar soni ko‘p bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Damir Kobjasarov.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda infeksiyadan zararlanganlar soni 4753 nafarga yetdi. Vafot etganlar esa 31 kishini tashkil etmoqda. 1518 kishi koronavirusdan sog‘aydi.
LiveBarchasi