Qozog‘istonda koronavirusni yangi shtammi aniqlandi. U O‘zbekistonga kirmaganmi?

Olam

image

Qozog‘istonda koronavirusning yangi “nigercha” Eta-shtammi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazir Aleksey Soy o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning to‘rtta viloyatida koronavirusning “nigercha” Eta-shtammi aniqlangan. 

Xabarga ko‘ra, mutaxassislar shu yilning iyul-avgust oylarida olingan ijobiy namunalarni tahlil qilgan. 

“Qozog‘iston Respublikasida 96 ta namuna ketma-ketligi natijalariga ko‘ra, koronavirusning “delta” shtammining tarqalish ehtimoli 57 (59,4) foiz, “Alpha” shtammi 24 (25) foiz, Uxanda tarqalgan koronavirusning birinchi shtammi 10 (10,4) foiz va  “nigercha” Eta-shtammi 5 (5,2) foiz”, deb yozgan Soy.

QALAMPIR.UZ koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonga ham kirib kelgan-kelmaganini bilish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot kotibiga murojaat qildi.

Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda bunday shtamm umuman aniqlanmagan.

JSST ma’lum qilishicha, joriy yilning 15 sentyabr holatiga ko‘ra koronavirusning “nigercha” shtammi dunyoning 77 mamlakatiga kirib borgan. Uning alomatlari boshqa COVID-19'ning barcha shtammlari bilan bir xil: isitma, yo‘tal hamda hid va ta’m bilish sezgisining yo‘qolishi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing