Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 200 nafardan oshib ketdi
Olam
−
28 mart 2020 8296 1 daqiqa
Bugun, 28 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi hududida 11 ta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Shunday qilib, hozirda mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq holatlar soni 204 tani tashkil etmoqda.
Yangi holatlarning 10 tasi Nur-Sultonda, 1 tasi esa Olma-otada aniqlandi. Bemorlarning hammasi shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda poytaxtda 117 ta, Olma-ota shahrida – 58 ta, Akmola viloyatida – 5 ta, Qarag‘anda, Olma-ota va Atirau viloyatlarida – 4 ta, Jambil viloyatida – 3 ta, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida – 2 ta, Aqto‘be, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Mangistau va Qizilo‘rda viloyatlarida bittadan holat qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda ushbu kasallikdan bir kishi vafot etgan. 3 nafar odam esa sog‘ayib ketgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust