Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanish o‘z cho‘qqisiga chiqdi

Olam

image

Bugun, 25 aprel kuni Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 66 nafarga ko‘payib, 2482 nafarga yetdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Bemorlarning 31 nafari kasallikni og‘ir shaklda o‘tkazyapti. Yana 150 bemor xavf guruhiga kiritilgan, ya’ni yoshi 65 dan yuqori shaxslar.  Bugungacha mamlakatda koronavirusdan 25 kishi halok bo‘lgan va 604 nafari sog‘ayib ketgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda koronavius tarqalishi o‘zining cho‘qqisiga chiqqan. So‘nggi 4 kun davomida 140-154 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Bemorlarning 1470 nafarida kasallik alomatlarsiz shaklda o‘tyapti, 290 kishi o‘rta og‘ir ahvolda. 31 kishining ahvoli o‘ta og‘ir. Bemorlarning asosiy qismi 25-30 yosh atrofida.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

529

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing