Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 9 000 ga yaqinlashdi
Jamiyat
−
26 may 2020
4658Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka davomida 438 ta koronavirus bilan zararlanish holati aniqlandi. Shu tariqa jami koronavirus yuqtirganlar 8969 nafarga yetdi va kunlik o‘sish 5,1 foizni tashkil qildi.
Qozog‘istonda faqatgina uchta viloyati Sharqiy-Qozog‘iston, Pavlodar va Shimoliy-Qozog‘istonda yangi koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmadi.
Bir kechada eng ko‘p bemorlar Olma-ota (75), Chimkent (69), Qorag‘anda (67) viloyati, Nur-Sultonda (56) aniqlangan.
Hozirgacha bemorlarning 4515 nafari sog‘aygan va 35 nafari vafot etgan.
Qozog‘istonda karantin cheklovlari yumshatila boshlangandi. Xususan, poytaxt Nur-Sultonda jamoat transportlari faoliyati tiklanib, mamlakat bo‘ylab ichki reyslarni amalga oshirishga ruxsat berilgandi. Ammo shundan so‘ng, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev odamlar karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ygani va niqob taqishni unutayotganini aytib, noroziligini bildirdi.
“Shaharlarda karantin choralariga rioya qilinmayapti, bu bemorlar soni ortishiga olib kelyapti. Hukumat, viloyat va shaharlar hokimlari vaziyatni tuzatishi kerak. Jamoat joylari va transportda niqob taqish majburiy”, degan To‘qayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
LiveBarchasi