Qozog‘istonda quldek ishlatilgan 60 dan ortiq o‘zbekistonlik qutqarildi
Olam
−
18 Oktabr 2023
986860 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Chimkentdagi g‘isht zavodlarida majburan ishlatilib, tutqunlikda saqlab kelingan. Bu haqda Qozog‘iston OAVlari ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “ish beruvchilar” tegishli tartibda ushlangan. Jabrlanuvchilar esa Qozog‘istonning “Sana Sezim” yuridik markazi nazoratiga olingan.
Nashrlarning ma’lum qilishicha, Chimkentdagi g‘isht zavodlarida tintuv o‘tkazgan politsiya xodimlari "xo‘jayinlar" tomonidan 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ushlab turilganini aniqlagan.
"Avvaliga o‘zbekistonliklar ishga taklif qilingan. Keyin firibgarlar ularning pasportini olib qo‘yib, tekinga ishlashga majburlagan. Zo‘ravonlar norozilik bildirgan ishchilarni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilib, qochmoqchi bo‘lganlarni vaqti-vaqti bilan kaltaklab turgan", deyiladi bu haqdagi xabarda.
1992 va 1994 yillarda tug‘ilgan g‘isht zavodi egalari odam savdosida ayblanib, qamoqqa olingan. Ularga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Avvalroq, Qozog‘istonda 6 yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan andijonlik erkak O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi