Qozog‘istonda qolib ketgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus bo‘yicha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
12 yanvar 2023
8080Avvalroq Qozog‘istonda noqulay ob-havo sababli ichida 70 ga yaqin o‘zbekistonlik bo‘lgan ikki avtobus yo‘lda qolib ketgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi batafsil ma’lumot berdi.
Joriy yilning 9 yanvar kuni soat 18:00 da avtobus texnik holati tekshirilib, haydovchilar tibbiy ko‘rik va maxsus yo‘riqnomalardan o‘tgach, “Toshkent-Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha 26 nafar yo‘lovchi bilan “Toshkent” avtovokzalidan yo‘lga chiqqan.
Yo‘nalish davomida joriy yilning 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat tahminan 22:00 da Qozog‘istonning Aktobe viloyati “Samara-Chimkent” trassasida noqulay ob-havo sharoiti tufayli vujudga kelgan muzlamalar sabab shu yo‘nalishda harakatlanayotgan barcha yengil, yuk va jamoat transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shu jumladan, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan avtobus harakati ham vaqtinchalik to‘xtatilgan. Mahalliy hukumatning Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan yo‘lovchilar o‘sha atrofdagi masjidga vaqtinchalik joylashtirilgan.
Yo‘ldagi muzlar va to‘siqlar bartaraf etilgandan so‘ng transport vositalari o‘z harakatlarini davom ettirgan. “Toshkent-Moskva” yo‘nalishidagi avtobus ham yo‘lga chiqqan bo‘lib, hozirda Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi chegara bojxona postidan o‘tmoqda.
Haydovchi bilan o‘rnatilgan operativ aloqaga ko‘ra, avtobusdagi barcha yo‘lovchilar sog‘-salomat holda o‘z safarini davom ettirmoqda.
E’tiborlisi, Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqatgan xabarda “Toshkent-Moskva” yo‘nalishidagi avtobusda 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgani aytilgan edi. Transport vazirligi esa avtobus Toshkent avtovokzalidan 26 kishi bilan yo‘lga chiqqanini qayd etgan.
Vazirlik 69 nafar o‘zbekistonlik va uch nafar qozog‘istonlik bo‘lgan ikkinchi avtobus haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar


