Qozog‘istonda qolib ketgan 50 dan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuk va yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari harakatining cheklanishi va avtobuslardagi nosozlik sabab yo‘llarda qolib ketgan 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 24 fevral kuni soat 22:50 da Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 964-kilometrida Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusidagi 41 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarosi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan evakuatsiya qilinib, Qorabutak qishlog‘idagi issiqlik punktiga olib ketilgan. 

Shuningdek, bugun, 25 fevral kuni soat 04:05 da Aqto‘be shahrida Chimkent-Moskva yo‘nalishida harakatlanayotgan Sentra rusumli avtobusda texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 54 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilingan, shulardan 52 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Qutqaruv ishlariga 52 nafar qutqaruvchi va 14 dona texnika jalb qilingan.

Aqto‘be viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan ob-havo o‘zgarishlarini kuzatishni, ob-havo yomonlashsa hamda yo‘llarda transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etilsa, ko‘chaga chiqmaslikni qat’iy tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olmaota-Toshkent avtomobil yo‘lining 570-kilometrida dvigateldagi  nosozlik sabab yo‘lovchi avtobusi to‘xtab qolgan, uning ichidagi 33 nafar o‘zbekiston evakuatsiya qilingan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

evakuatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing