Qozog‘istonda qizamiqqa chalinganlar 20 mingdan oshib ketdi

Salomatlik

image

Qozog‘istonda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Mamlakatda joriy yilning o‘zida ushbu kasallikka chalinganlar 20 mingdan ortgan. Uning naq 3 mingdan ortig‘i so‘nggi 10 kunda aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoat salomatligini muhofaza qilish milliy markazi rahbari Manar Smagul ma’lum qilgan. 

“Yil boshidan buyon respublika bo‘yicha 20188 ta holat qayd etilgan. Kasallik 81 foiz holatda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Mamlakatning barcha hududlarida qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Kasallikning eng yuqori darajasi Chimkent, Olmaota shaharlari, Olmaota va Jambil viloyatlarida qayd etilgan”, deydi mas’ul. 

Shu munosabat bilan u ota-onalarga murojaat qilib, farzandlarini qizamiqqa qarshi emlashni so‘radi. 

“Qizamiq bilan bog‘liq noqulay vaziyatni hisobga olib, men ota-onalarning e’tiborini farzandining emlash holatiga qaratmoqchiman, chunki samarali oldini olishning yagona usuli – bu emlash, shuning uchun e’tiborli bo‘ling”, deydi Manar Smagul.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat yil boshidan buyon mamlakat bo‘ylab 17 ming qizamiq kasalligi qayd etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing