Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketdi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lada Largus avtomobili yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa kecha, 8 iyun kuni soat 11:45 da Atirau viloyatining Makat tumani hududidan o‘tuvchi “Atirau-Aktobe” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 31-kilometrida sodir bo‘lgan. Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan Lada Largus rusumli avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgan. Soat 12:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Avtomobil ichida 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan. Yong‘in oqibatida Lada Largus mashinasi haydovchisi jarohat olmagan, qolgan 2 ta yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish jarohati bilan Atirau viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Haydovchi va jarohat olganlarning shaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Ushbu holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. 4 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi. 5 aprel kuni soat 03:00 larda YTH qurbonlarining jasadlari Surxondaryo viloyatiga olib kelindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'zbekistonlik Atirau Lada Largus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing