Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
28 iyul 2021
7870Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan Toyota Previa rusumli avtomobil ag‘darilib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, YTH bugun, 28 iyul kuni soat 07:10 da Aqto‘be viloyatining Qorabutoq qishlog‘i yaqinidagi Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 996-kilometrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, qozog‘istonlik 36 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Hodisa oqibatida Toyota Previa rusumli avtomobil haydovchisi va 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududiga Atirau shahrida ishlash maqsadida Turkiston viloyatining Sarog‘och shahridagi “Jibek Joli” nazorat punkti orqali kirib kelishgan.
LiveBarchasi