Qozog‘istonda giyohvand modda ekilgan joylar dron yordamida aniqlanadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonda giyohvandlik bilan kurashish bo‘yicha uch yillik kompleks rejalar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, endilikda mamlakatda giyohvand modda plantatsiyalari dronlar yordamida aniqlanadi. Bu haqda “Press.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, giyohvandlikka qarshi kurashishning yangicha usuli o‘tish qiyin bo‘lgan hududlardagi yashirin giyohvandlik laboratoriyalari va plantatsiyalarini tugatish uchun samolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.

Rejaga ko‘ra, mazkur qonun bilan chegara punktlarida giyohvandlik vositalari hamda narkotik moddalarni tayyorlashda foydalaniladigan birikmalarni aniqlash uchun zamonaviy skrining uskunalarini jalb qilish, narkologik dispanserlarni zamonaviy vositalar bilan jihozlash, yangi sintetik dorilar va qon namunalarini tezkorlik bilan tekshirish uchun sud ekspertizasi organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsad qilingan.

Buning uchun esa Qozog‘iston hukumati tomonidan 53,1 milliard tenge (120 million dollar) ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan boshlab Farg‘onada transport harakatidagi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun dronlardan foydalanish amaliyoti joriy etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston giyohvand modda dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made