Farg‘onada qoidabuzarlarni dron yordamida aniqlash boshlandi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021 5965 1 daqiqa
Avvalroq Farg‘onada 1 yanvardan qoidabuzarlar dron yordamida aniqlanishi haqida xabar bergan edik. Hozirda ushbu dronlar qoidabuzarlarni aniqlashni boshlagan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida 2021 yilning 1 yanvaridan dron qurilamalari yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Ushbu qurilmalar belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni aniqlaydi. Shuningdek, ular niqob taqmagan fuqarolarni ham aniqlab beradi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr