Qozog‘istonda gerbni o‘zgartirish taklif qilinmoqda
Olam
−
24 fevral
5875Qozog‘istondagi “Jana Adamdar” yoshlar harakati aholini mamlakatning yangi gerbi haqida o‘ylashga chaqirdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
“Gerb kompaniya logotipi ham, esdalik nishoni ham, yorliq ham emas. Gerb bundan ham ko‘proq narsa. Bu taqdir. Biroq hozir biz qo‘llayotgan gerb kelajakka yo‘nalishni bildirmaydi, qadriyatlarimiz haqida gapirmaydi. So‘rovda qatnashgan qozog‘istonliklarning 70 foizi uni tanimagan. Yangi davr yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Qozog‘iston ulkan global rejalarni belgilamoqda. “Jana Adamdar” bu rejalar uchun yangi yosh davlatning ambitsiyalariga mos keladigan yangi ramz kerakligiga ishonadi. Gerb hozirgi dunyoda o‘z o‘rnimizni qanday topishimiz mumkin, degan savolga javob bera olishi kerak”, deyiladi harakat bayonotida.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Respublikasining gerbi 1992 yil 4 iyunda tasdiqlangan. Shundan so‘ng, u bir necha bor o‘zgartirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Qirg‘izistonda davlat bayrog‘i o‘zgartirilgandi.
LiveBarchasi