Qozog‘istonda gazdan zaharlangan o‘zbeklarning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
3649O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 3 iyun kuni Qarag‘anda shahrida maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosining barchasiga 5 iyun kuni tibbiy muassasadan ruxsat berildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ular:
- Husanov Sardor Toshkan o‘g‘li, 20.07.2001 y.da tug‘ilgan;
- Jo‘rayev Valentin Fayzullayevich, 15.04.1998 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Sharif Toshkanovich, 08.02.1973 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Alisher Egamberdi o‘g‘li, 17.10.1996 y.da tug‘ilgan;
- Ne’matov Bahodir Botir o‘g‘li, 30.03.1992 y.da tug‘ilgan;
- Elboyev Odil Oripovich, 12.04.1986 y.da tug‘ilgan;
- Elbayev Farrux Oripovich, 02.02.1992 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Shahzod Xudoyberdi o‘g‘li, 10.03.1999 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Doston Sharif o‘g‘li, 24.10.1995 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Oybek Qahramon o‘g‘li, 15.02.1996 y.da tug‘ilgan;
- Iskandarov Obid Sallohidinovich, 01.08.1995 y.da tug‘ilgan;
- Samiyev Azizbek Asad o‘g‘li, 01.01.1998 y.da tug‘ilgan.
Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Konsul va elchixonaning mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi Qarag‘anda shahriga kelgan hamda ushbu hamyurtlarimizning pasportlari yo‘qligi masalasi bilan ham shug‘ullanmoqda. Ma’lum qilinishicha, ular pasportlarini ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun o‘zlarini taklif qilgan yurtdoshimizga topshirishgan.
Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti chet elga ketayotgan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hech qanday vaziyatda begona shaxslarga bermaslikni yana bir bor qat’iy tavsiya qilgan.
LiveBarchasi