Qozog‘istonda futbolchi muxlis bilan tortishib ketdi (video)
Sport
−
18 aprel 3480 1 daqiqa
Qozog‘istonning “Atirau” klubi futbolchisi Rinat Jumatov o‘yindan keyin tribunadagi muxlis bilan konfliktga bordi. Bu haqda “Metarating.kz” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qozog‘iston chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan “Atirau” va “Qayrat” klublari o‘rtasidagi bahsdan keyin mezbonlar futbolchisi Rinat Jumatov muxlis bilan tortishib qolgan.
Qayd etilishicha, muxlis Jumatov bilan suhbatda klubning namoyish etayotgan o‘yinlaridan noroziligini emotsional tarzda yetkazgan. Jumatov ham qo‘lidan kelganicha harakat qilayotgani va muxlislar uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va’da berdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Atirau” joriy mavsumda so‘nggi 5 ta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi. “Qayrat”ga qarshi o‘tgan o‘yinda 4:0 hisobi qayd etilgan.
Live
Barchasi