Qozog‘istonda yana bir dron quladi

Olam

image

Qozog‘istonning Atirau viloyatida yana bir dron quladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 27 mart kuni ertalab mahalliy fuqaro politsiyaga dronga o‘xshash predmet haqida xabar bergan. Aytilishicha, yonayotgan ob’ekt Atiraudan 7 kilometr uzoqlikda topilgan.

Voqea joyida dvigatel hamda kompozit yoki uglerod tolali materialdan tayyorlangan shikastlangan bo‘laklar aniqlangan.

Atirau viloyati politsiya departamenti ob’ekt topilganini tasdiqlagan, biroq uning aniq nima ekanini ochiqlamagan.

“Viloyat politsiya departamenti vakolatli xizmatlar bilan birgalikda uchuvchisiz uchish apparati bo‘laklariga o‘xshash predmetlar topilgani yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Ob’ekt aholi yashash hududidan tashqarida aniqlangan. Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi departament izohida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Qaraultobe qishlog‘i yaqinida mahalliy aholi yerga qulagan uchuvchisiz apparatni topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston dron Atirau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing