Qozog‘istonda feministlar miting uyushtirdi
Olam
−
05 fevral 2023
23877Bugun, 5 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida qozoq feministik tashkilotlari tomonidan ruxsat etilgan miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nur. kz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayollar huquqlari faollari shahardagi Gandi bog‘ida yig‘ilishgan. Faollar 8 mart kuni feministik marsh o‘tkazishga ruxsat olishga harakat qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yanvar oyi oxirida Qozog‘istonning Feminita feministik tashabbus guruhi Instagram'dagi sahifasida shahar hokimiyati ularga 8 mart kuni miting va marsh o‘tkazishga ruxsat bermagani haqida post e’lon qilgan.
“Biz hech kim bilan raqobatlashishni istamaymiz, biz o‘z huquqimizni talab qilamiz – 8 mart kuni marsh va miting o‘tkazish huquqini. Olmaotada buning uchun yetarli joy bor deb hisoblaymiz”, deydi guruh a’zolari.
Malumot uchun, 2021 yilda zamonaviy Qozog‘iston tarixidagi hokimiyat ruxsat bergan eng yirik ayollarning feministik yurishi bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi