Qozog‘istonda dron portladi (video)

Olam

image

Bugun, 23 oktyabr kuni ertalab G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Burlin tumanidagi Qiziltol qishlog‘i yaqinida dron portladi. Bu haqda “Uralskaya Nedelya” xabar berdi.

“Qishloqdagi uylarning tomlari uchib ketishiga oz qoldi”, degan voqea guvohlari nashrga.

Xabarda aytilishicha, dron ichida jonli yuk bo‘lgan. Hozirda voqea joyida tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va politsiya vakillari ishlamoqda. Harbiy prokuratura jinoyat ishi ochgan. 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi topib olingan dron bo‘laklari tekshirilayotgani, ob’ekt aholi punkti hududidan tashqarida topilganini ma’lum qildi .

Bugun erta tongda Rossiyaning G‘arbiy Qozog‘iston bilan chegaradosh Orenburg viloyatida dron hujumi xavfi e’lon qilingan edi. Bu haqda viloyat gubernatori Yevgeniy Solnsev o‘zining Telegram-kanalida yozgandi.

Qayd etilishicha, bu G‘arbiy Qozog‘istonda uchuvchisiz samolyotlar topilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas, biroq avvalroq ular buzilmagan holda topilgandi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi dron portlaganini tasdiqladi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda hodisaning holatlari va ob’ektning kelib chiqishi aniqlanmoqda.

“Dron qoldiqlari chekka hududda, turarjoy hududidan tashqarida topilgan. Jabrlanganlar va moddiy vayronalar qayd etilmagan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, vazirlik “havo kemalarining davlat chegarasini ruxsatsiz kesib o‘tishini” oldini olish maqsadida havo hududi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi Qiziltol qishlog'i dron portlashi G'arbiy Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing