Qozog‘istonda davlat tilini bilmaganlarga fuqarolik berilmaydi
Olam
−
02 avgust
2905Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining 2024 yil 29 iyuldagi buyrug‘i bilan respublika fuqaroligiga qabul qilinish va fuqaroligini tiklash masalalari bo‘yicha arizalarni ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilish, hisobga olish va ko‘rib chiqish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi va Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi arizaga boshqa hujjatlardan tashqari davlat tilini boshlang‘ich darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikat ilova qilinishi kerak.
“Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, agar ariza bergan shaxs davlat tilini, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi asoslarini boshlang‘ich darajada bilmasa, ariza rad etiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada yangi fuqarolik olganlar uchun harbiy xizmat 2 yilga uzaytirilishi taklif qilingandi.
LiveBarchasi