Qozog‘istonda chorak asrdan ortiq qidiruvda bo‘lgan to‘daboshi chorak asrga qamaldi

3-sahifa

image

Qozog‘istonda chorak asrdan ortiq qidiruvda bo‘lgan jinoiy to‘da rahbari 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda mamlakat Oliy sudi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyatchi tergovchilar tomonidan qotillik va banditizmda ayblangan. U 1998 yilda jinoiy guruh a’zolari bilan birga transport vositalarini to‘xtatib, haydovchilarni talon-toroj qilgan va o‘ldirgan, keyin esa ularning jasadlarini ko‘mib yuborgan. Ular bunda politsiya kiyimlari, miltillovchi mayoqlar, tayoqchalar, avtomobillar va almashtirish uchun tayyorlangan davlat raqamlaridan foydalangan.

1998-1999 yillar davomida K. rahbarligidagi jinoiy guruh Shimoliy Qozog‘iston va Oqmola viloyatlarida bir qancha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan.

U soxta hujjatdan foydalanib, tergov va suddan yashiringan va 2024 yil yanvar oyida qo‘lga olingan.

“Ijtimoiy adolatni tiklash va yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 96-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston to'daboshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing