Qozog‘istonda blogerlar endi reklama postlariga soliq to‘laydi

Olam

image

Qozog‘istonda “Onlayn platformalar va onlayn reklama to‘g‘risida”gi yangi qonun bilan blogerlar reklama postlarini teg qilib belgilashi va har bir e’lon qilgan reklama posti uchun soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu haqda deputat Aydos Sarimga tayanib, “Orda.kz” xabar berdi.

“Bugungi kunda internetga katta miqdordagi moliyaviy resurslar, jumladan, reklama beruvchilarning pullari kirib kelmoqda. Ushbu sohadagi huquqiy masalalar ko‘pincha soyada qolib ketmoqda”, deydi Aydos Sarim.

Uning aytishicha, ko‘plab faol foydalanuvchilar konvertlarda pul olib, internetdan moliyaviy piramidalar yaratishda foydalanadi. Aksariyat hollarda noqonuniy xayriya ishlari bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanmoqda. 

Shuningdek, deputat qonunchilikka mahalliy va maqsadli reklama bilan bog‘liq ko‘plab yangi atamalarni kiritish rejalashtirilayotganini ta’kidlagan. Qonunchilarning fikriga ko‘ra, bu soliq organlariga yuboriladigan mablag‘larni ko‘rishga yordam beradi. Shu bilan birga foydalanuvchini chalg‘itmaslik uchun tijorat postlarini belgilash kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bloger reklama uchun soliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing