Qozog‘istonda bloger Mellstroy qidiruvga berildi

Olam

image

Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi 26 yoshli Belarus fuqarosi Andrey Burim – Mellstroy taxallusi bilan mashhur blogerni qidiruvga berdi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi maxsus statistik va huquqiy hisoblar portaliga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, qidiruv 15 noyabr kuni Ostona shahrida ro‘yxatga olingan va uni Moliyaviy monitoring agentligining shahar bo‘yicha iqtisodiy tergovlar bo‘limi olib bormoqda. Qidiruv sabablarining tafsiloti oshkor qilinmagan.

2024 yil fevralida bloger Rossiya hududida ham qidiruvga berilgan edi. Uning ota yurtida, Belarusda, xizmatdan bo‘yin tovlash bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. 

2025 yil noyabr boshida Belarusda Mellstroy’ning barcha platformalardagi kanallari, logotiplari va belgilari ekstremistik deb topilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning aniqlashicha, Burim internetda odamlarni noqonuniy harakatlarni videoga olishga chaqirgan va buning evaziga mukofot bergan. Shu sababli 2025 yilning oktyabr oyida Belarusda bezorilik va jamoat tartibini buzish holatlari qayd etilgan.

Mellstroy xavfli va hayratlanarli chiqishlari bilan mashhur bo‘lib, u tomoshabinlardan donat oladi. 2020 yilning oktyabrida u jonli efirda model Alena Yefremovani urgani uchun yarim yil jazo ishlari va kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 170 million rubl miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblanayotgan rossiyalik bloger Guseyn Gasanovga nisbatan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani sababli u qidiruvga berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Mellstroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing