Guseyn Gasanov yana qidiruvga berildi

Olam

image

170 million rubl miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblanayotgan rossiyalik bloger Guseyn Gasanovga nisbatan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani sababli u yana qidiruvga berildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Nashrning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining aytishicha, “Gasanovning qayta qidiruvga berilishiga sabab yangi jinoyat ishi bo‘lishi mumkin”, biroq batafsil tafsilotlar keltirilmagan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv bazasiga ko‘ra, Gasanov haqiqatan ham qayta qidiruvga berilgan. Vazirlik bazasidagi kartochkada bloger Jinoyat kodeksi moddasiga binoan qidiruvda ekani va bu “qayta e’lon qilingan”i qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskvaning Chertanovskiy sudi joriy yilning 14 may kuni Gasanovni jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish ishi doirasida sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Unga Rossiya Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi (jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Mazkur modda bo‘yicha unga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid soladi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gasanov 2019-2021 yillarda 170 million rubldan ortiq soliq to‘lamagan. Ochiq manbalarga ko‘ra, hozirda u Rossiya tashqarisida istiqomat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Guseyn Gasanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing