Qozog‘istonda birinchi AES qurilishi boshlandi

Olam

image

Qozog‘iston Atom energetikasi agentligi raisi Almasadam Satqaliyev va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov mamlakatdagi birinchi AES qurilishiga start berdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Almasadam Satqaliyevning aytishicha, AES qurilish ishlari Olmaota viloyatida boshlanadi.

“Qurilishga tayyorgarlik jarayonidagi muhim bosqich – muhandislik-izlanish ishlari boshlanmoqda. Bu bosqich nafaqat aniq joylashuv va stansiya konfiguratsiyasini tanlash, balki butun loyiha xavfsizligi, ishonchliligi va iqtisodiy samaradorligini ham belgilaydi. AES bu strategik loyiha bo‘lib, atom sanoati rivojlanishining, sanoat-innovatsion taraqqiyotning va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi”, degan agentlik raisi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha qiymati taxminan 14–15 milliard dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 1 milliard dollar ijtimoiy ob’ektlar va infratuzilma qurilishiga yo‘naltiriladi.

Marosim davomida Satqaliyev, Lixachyov va boshqa rasmiy mehmonlar AES qurilishiga rasmiy start beruvchi tugmani bosgan. Qozog‘iston Atom energetikasi agentligi mamlakatdagi birinchi AES maketi suratlarini ham e’lon qilgan. 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda AES qurilishini yakunlash muddati taxminan 2035–2036 yillarga belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Atom energetikasi agentligi xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatdagi birinchi AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium rahbari sifatida Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasini tanlagandi. “Rosatom”ning Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha loyihasi eng maqbul va foydali, deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Rosatom AES Olmaota Almasadam Satqaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing