Qozog‘istonda bir kunda 180 ming tovuq parranda grippidan nobud bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Shimoliy-Qozog‘iston viloyatidagi yettita tumanda yuqori patogenli parranda grippi tarqalgani haqida xabar bergan edik.

O‘tgan bir sutkada viloyat hududida 180 ming parranda shu virusdan halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Hozirda parrandachilik fremalari ishchilari daromadsiz qolishi xavfi yuzaga kelgan.

“Yana 30-40 ming bosh parranda o‘lishi kutilyapti. G‘ozlar deyarli qolmadi. Bir necha kunda o‘n minglab parranda halok bo‘ldi. Biz kasallik tarqalmasligi uchun chuqur qazib, yoqib, chuqurni tuproq bilan yopib, ularni yo‘q qilishga urinyapmiz”, deyishgan Bishkul parrandachilik fabrikasida.

Parranda grippi sababli Qishloq xo‘jaligi vazirligi Shimoliy-Qozog‘iston viloyatiga borgan. Idoradagilar Kostanay, Shimoliy-Qozog‘iston, Pavlodar va Oqmo‘la viloyatlarida emlash o‘tkazishni va’da qilgan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, parranda grippi juda kam hollarda odamga o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

parranda grippi

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing