Qozog‘istonda ayol erini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Olam
−
04 mart
6796G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida politsiya yollanma qotillikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Bu haqda Polisia.kz xabar berdi.
Qayd etilishicha, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining ikki nafar fuqarosi rejalashtirilgan jinoyat joyida qo‘lga tushgan. Jinoyat tashkilotchisi eri bilan mulkni bo‘lishishni istamagan va shu sababli uni o‘ldirish uchun pul to‘lagan ayol ekani ma’lum bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol qurol sotib olish va maqsadini amalga oshirish uchun 1,3 million tenge (taxminan 2 ming 900 dollar) sarflagan. Hozirda suiqasd bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Gumonlanuvchilarga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchining hayoti xavf ostida emas. Boshqa ma’lumotlar tergov manfaati uchun oshkor etilmaydi” deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi