Qozog‘istonda avtobus 10 ta mashina bilan to‘qnashdi (video)

Olam

−

image

Qozog‘istonning Taraz shahrida avtobus qarshi yo‘lga chiqib ketib, o‘nta mashina bilan to‘qnashdi. Bu haqda mamlakat OAVlari mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

Ushbu baxtsiz hodisa kecha, 4 yanvar kuni soat 10:45 da sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv vaqtida avtobusda o‘n nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan biri 56 yoshli ayol tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avtobus haydovchisiga nisbatan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 yanvar kuni Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus 150 metrli chuqurlikka tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing