Qozog‘istonda 94 yoshli nafaqaxo‘r o‘z uyini portlatib yubordi 

Olam

image

Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida 94 yoshli nafaqaxo‘r o‘zining shaxsiy uyini gaz ballonlari bilan portlatib yubordi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi. 

E’tiborli jihati, nafaqaxo‘rning o‘zi mo‘jizaviy tarzda tirik qolgan. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday qilmishga u va rafiqasi orasidagi janjal sabab bo‘lgan. 80 yoshli Galina Kamenevaning aytishicha, portlashdan oldin 94 yoshli qo‘shni ayol qonga belangan va tanasidagi ko‘karishlar bilan uning oldiga sudralib kelgan va o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishni so‘ragan. Keyinroq voqea joyiga politsiya va shifokorlar yetib kelgan. 

“Uy tez yonib ketdi. Olov shu darajaga yetdiki, bir necha daqiqalar ichida uy yonib ketdi. Barcha qilingan ta’mirlar barbod bo‘ldi. Yong‘indan 15 daqiqa o‘tgach, qo‘shnim olovlar orasidan sog‘-omon chiqib keldi. Men uni allaqachon yonib ketgan, deb o‘ylagandim. Bu shunchaki mo‘jiza”, deydi Aleksandr Kuzmin. 

Qo‘shnilarning aytishicha, nafaqaxo‘r bundan oldin ham bir necha bor portlashlar sodir etgan va buning orqasidan ko‘p marotaba shifoxonaga yotqizilgan.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston nafaqaxo'r

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing