4 kishida kuydirgi kasalligi qayd etildi

Olam

image

Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatida to‘rt kishi kuydirgi infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda KTK xabar bermoqda.

Ekspertlar kasallarning tanasidagi xarakterli toshmalarga qarab, ular chorva mollarini so‘yishda yoki hayvonlarni davolashda ishtirok etgan degan qarorga kelishdi. 

“Shakpak qishlog‘idagi cho‘ponlar bitta  dehqon xo‘jalikda ishlaydi. Ulardan shikoyatlar kelib tushdi”,  deydi viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi shifokori Gulfayra Mirzabekova.

Shifokorga ko‘ra, davolash kamida 20 kun davom etadi. Yana 44 kishi, shu jumladan kasallarning qarindoshlari, hamkasblari va tuman veterinarlari bir hafta davomida shifokorlar tomonidan kuzatiladi. 

Biroq viloyat rasmiylari odamlarning chorva mollaridan kuydirgi kasalligini yuqtirganini tasdiqlamadi va shu bois qishloqda karantin joriy qilmoqchi emas.

“Tekshiruv hayvonlarda kuydirgi kasalligi borligini rad etdi. Hayvonlar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar natijasida nobud bo‘lgan”, deydi Jambil viloyati hokimligi veterinariya bo‘limi boshlig‘i Kanatbek Kartabayev.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston kuydirgi

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing