Qozog‘iston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqida gaplar “bolaladi”

Olam

image

Qozog‘istonning “Ak Jol” partiyasi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda partiya rahbari Azat Peruashev ma’lum qildi.

“Ak Jol” demokratik partiyasining tanlovi Yevropa taraqqiyot yo‘li, davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda yevropacha yondashuvlar, hayot sifatining Yevropa standartlaridan iborat. “Alash” yetakchisi Alixon Bokeyxon yozganidek, biz kelajakni G‘arb davlatlarining eng yaxshi yutuqlariga qo‘shilishda ko‘ramiz. Qolaversa, “Ak Jol” partiyasi uzoq muddatli istiqbol sifatida nafaqat Yevropa yondashuvlarini joriy etish, balki Qozog‘istonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi masalasini kelajakda qo‘yishni ham ko‘rib chiqadi”, deydi Peruashev.

Yevropa yo‘liga misol tariqasida Peruashev adolatli saylovlar o‘tkazish, buning uchun elektron ovoz berish tizimini joriy etish, mustaqil va adolatli sud yaratish, demokratiya va parlamentarizmni rivojlantirish zarurligini keltirgan. Bularning barchasi partiya saylovoldi dasturi loyihasida belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing