Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasini demarkatsiya qilish yakunlandi
Jamiyat
−
16 mart 2023
7117Qozog‘iston va O‘zbekiston uzunligi 2356 ming km bo‘lgan qo‘shma chegarani demarkatsiya qilish masalasini yopdi. Bugun, 16 mart kuni Qozog‘iston Senati yalpi majlisida tegishli qonun ma’qullandi.
Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenkoning aytishicha, chegarani belgilash Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risidagi 2001 va 2022 yillardagi kelishuvlar asosida amalga oshirilgan. Demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar 2003 yilda boshlangan, yerga chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha dala ishlari 2004 yildan 2021 yilgacha davom etgan.
“Oxirgi 19 yil ichida Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining 100 ta yig‘ilishi va demarkatsiya bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 34 ta yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Demarkatsiya ishlari natijalariga ko‘ra, chegaraning uzunligi 2356 kilomertni tashkil etdi, chegara chizig‘iga 1301 ta chegara belgilari o‘rnatildi. Chegaralarni belgilash natijalari ushbu shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan va unga ilova sifatida rasmiylashtirilgan 8000 sahifadan ortiq hajmdagi hujjatlarda o‘z aksini topgan”, deydi Roman Vasilenko.
Vasilenkoning aytishicha, davlatlar o‘rtasidagi chegara uzunligi 2356 km 666 metr bo‘lib, u oldingi uzunlikdan 5 kilometrga uzunlashgan.
“Bu amalda nimani anglatadi? Demak, chegaramiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘proq burilishni o‘z ichiga olgani uchun 5 km uzunlashdi. Bu fuqarolarimizga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi. Masalan, xaritada chegara chizig‘i chizilgan bo‘lsa, demarkatsiya paytida bu yerda daryo o‘zani o‘zgarganligi ma’lum bo‘ladi. Bizni O‘zbekiston bilan ikkita daryo birlashtiradi: Sirdaryo va Keles. Kanal o‘zgarmoqda, allyuvial orollar o‘zgarib bormoqda. Chegara an’anaviy ravishda daryoning formatiga ko‘ra chiziladi”, deya tushuntirgan Qozog‘izton TIV vakili.
Shuningdek, u demarkatsiya Qozog‘iston Respublikasi davlat va mahalliy organlari, chegara hududlarida yashovchi aholi manfaatlarini hamda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati uchun qulayliklarni hisobga olgan holda amalga oshirilganiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 22 dekabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazilgan, natijada Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi.
LiveBarchasi