Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinadi

Olam

image

Qozog‘iston va Xitoy o‘z fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejimni joriy qiladi. Tegishli qaror loyihasi Qozog‘istonning ochiq normativ-huquqiy hujjatlar saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, o‘zaro viza talablaridan ozod qilish ikki davlat o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuvda ko‘zda tutilgan.

Mazkur shartnoma ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari tomonidan joriy yilning 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida imzolanishi kutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, qozog‘istonliklar Xitoyda chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga va 180 kunlik davrda 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.

Bir davlat fuqarolari boshqa tomon davlati hududida belgilangan muddatdan ko‘proq vaqt qolish niyatida bo‘lsa, u holda ular davlat hududiga kirishdan oldin tegishli viza olish uchun ariza berishlari shart.

Ta’kidlanishicha, bitim respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini oshirishni nazarda tutmaydi va Qozog‘iston uchun salbiy siyosiy, huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarga olib kelmaydi.

Ushbu qaror loyihasi 19 aprelga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

“Shartnomaning imzolanishi Qozog‘iston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni mustahkamlashga turtki bo‘ladi”, deyiladi qaror loyihasida.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Xitoy vizasiz rejim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing