Qozog‘iston Tojikistonga harbiy yordam ko‘rsatadi

Olam

image

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi “Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida beg‘araz harbiy-texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasini tayyorladi.

Hujjat Tojikiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida 2021 yil 17 aprelda imzolangan bepul harbiy-texnik yordam to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi uchun ichki protseduralarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Kelishuv Qozog‘istonning 2021 yilgacha xalqaro shartnomalarni tuzishning amaldagi rejasiga muvofiq imzolangan. Hujjat Qozog‘istonning Tojikistonga bir martalik beg‘araz harbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Qozog‘iston Tojikistonga quyidagi harbiy mahsulotlarni berishni rejalashtirgan:

  • 5,45 millimetrli PS o‘qli patronlar – 3million 240 dona;
  • 23 millimetrli patronlar – 20 ming 76 dona:
  • 82 millimetrli minomyot o‘qlari – 10 ming dona.

“Berilayotgan mulk foydalanilmaydi va haddan tashqari ko‘p miqdorda saqlanadi. Bular uchun byudjet mablag‘larini qaytarish talab qilinmaydi. Loyiha davlat va mahalliy byudjetdan qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi”, deya izohlagan Qozog‘iston tomoni harbiy yordam ko‘rsatilishini izohlab.

Qozog‘iston harbiy yordamni temiryo‘l transporti vositasida Tojikistonga yetazib beradi. Uni vakolatli organ tomonidan tayyorlangan vakil qabul qilib oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston-Tojikiston

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar