Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri hibsga olindi – OAV

Olam

image

Bugun, 4 sentyabr kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va tadbirkor Gaji Gajiyev hibsga olindi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vazir Murat Nurtleu, tadbirkor Gaji Gajiyev va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ayrim yuqori lavozimli xodimlari ham qo‘lga olingan. Bu ma’lumotni Huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalar ham tasdiqlagan.

“Orda.kz”ning yozishicha, Nurtleu o‘z uyi oldida hibsga olingan. Qayd etish joiz, u o‘tgan kuni Xitoydagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, qaytgandi.

Tergovchilar Tashqi ishlar vaziri Nurtleu va Gajiyevning uyida tintuv o‘tkazgan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasining hibsga olingan rahbarlarining ismlari aniqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Murat Nurtleu 2023 yilning 23 aprelidan buyon Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Murat Nurtleu Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing