Qamoqqa olingani aytilgan Nurtleu parlamentda ko‘rinish berdi

Olam

image

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu odatdagidek ishini davom ettirayotganini va tegishli idoralar uning hibsga olingani haqidagi soxta xabarlarga baho berishi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 sentyabr kuni parlamenga kelganida jurnalistlarning saovoliga javoban ma’lum qildi. 

“Boshqa davlatdagi hamkasblarim bilan telefonda gaplashganimdan xabaringiz bor, investorlar bilan ishchi uchrashuvlar bo‘ldi. Hammasi odatdagidek. Biz huquqiy davlatda yashayapmiz, Qozog‘iston dunyoviy davlat. Tegishli organlar bor, ular bunday ishlar bilan shug‘ullanadi”, dedi Nurtleu.

U ommaviy axborot vositalaridagi nashrlarga izoh berish so‘roviga javoban: “Bu yolg‘on va bema’nilik. Menda bu yerda izoh beradigan hech narsa yo‘q”, degan.

4 sentyabr kuni “Orda” axborot portali Qozog‘istonda Nurtleu, shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir qator xodimlari va tadbirkor Gadji Gadjiyev hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Bu ma’lumotni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasman rad etib, uni nashr tomonidan jurnalist etikasining buzilishi deb baholadi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘sha kuniyoq o‘z xodimlarining hibsga olingani haqidagi ma’lumotni rad etdi, rasmiylar yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik haqida ham ogohlantirdi. Olmaota prokuraturasi 6 sentyabr kuni OAV bosh muharririga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan tahdid qilib, yolg‘on ma’lumot tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirish berilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Murat Nurtleu Orda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing