Qozog‘iston Suriyadagi qonli vaziyatni barqarorlashtirishga chaqirdi

Olam

image

Qozog‘iston Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlarni Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun faol choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining Falastin va Suriyadagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida so‘z ochdi.

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Murat Nurtleu boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Falastin va Suriyadagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘z nutqida Qozog‘iston Suriya inqiroziga boshidanoq jiddiy e’tibor qaratganini, Ostona jarayoni doirasida muzokaralar uchun platforma taqdim etganini ta’kidladi.

“Biz IHTga a’zo davlatlarni Suriya xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda, Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun faol choralar ko‘rishga chaqiramiz”, dedi Nurtleu.

Falastin masalasiga to‘xtalar ekan, eng dolzarb masala HAMAS va Isroil o‘rtasida barqaror o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash ekanini ta’kidladi.

“Qozog‘iston ikkinchi bosqich bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar tinchlik, xavfsizlik va BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari asosida Falastin davlatini barpo etishga yo‘l ochishiga umid qilmoqda”, deyiladi Qozog‘iston TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 6 martdan beri Suriyaning yangi rasmiylari va sobiq prezident Bashar Asad hukumatiga sodiq kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda mamlakatdagi alaviy ozchilikka mansub 311 nafar tinch aholini o‘ldirilgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Suriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing