Qozog‘iston sun’iy havo beruvchi moslamalarni ishlab chiqarishni boshladi

Olam

image

Qozog‘istonning “Kazakhstan Aselsan Engineering Engineering LLP” kompaniyasi pandemiya sharoitida statsionar mexanik shamollatish moslamalarini (IVL) ishlab chiqarishni tashkil etdi. Mamlakat Bosh vaziri Asqar Mamin ushbu zavodda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Ushbu qurilma kattalar va bolalarning shifoxonalardagi intensiv terapiya bo‘limlarida o‘pkasini uzoq vaqt shamollatish uchun mo‘ljallangan. 

Qayd etilishicha, shamollatish moslamasi Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga javob beradi va tibbiyot mutaxassislaridan ijobiy ekspert xulosasini olgan holda Nur-Sultondagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar markazida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. 

Bugungi kunda shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish 30 foizgacha mahalliylashtirilgan.  Kelajakda uni 50 foizga va undan ko‘proqqa oshirish imkoniyati mavjud. 

Ventilyatorlar ishlab chiqarishda Qozog‘iston Respublikasining boshqa mudofaa korxonalarining texnologik salohiyati ishtirok etadi. Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘iga binoan shamollatish moslamalari mamlakatning barcha mintaqalaridagi tibbiyot muassasalariga shu yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida 1500 dona miqdorda yetkazib beriladi. 

Shamollatish moslamalarini yig‘ish bilan bir qatorda korxonaning muhandis-texnik xodimlari tibbiyot muassasalarida uskunani ishlatish bo‘yicha tibbiyot xodimlarini o‘qitadilar, shuningdek, haftaning har kuni 24 soat davomida texnik yordam ko‘rsatadilar. Kompaniya mahsulotiga 3 yillik kafolat muddatini taqdim etadi. 

Hukumat rahbari ishlab chiqarish bilan tanishdi va mahsulotlarni mamlakatdagi tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlashga ko‘rsatma berdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Asqar Mamin

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing